Xushxabar! Yurtimizda koronavirusga chalingan yana bir bemor tuzaldi

Xushxabar! Yurtimizda koronavirusga chalingan yana bir bemor tuzaldi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizdan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi. 
Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi. 

O‘tgan vaqt davomida  u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolandi. 

E’tirof etish joizki,  fidoyi shifokorlarimiz tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan holda, xalqaro stantdartdlar asosida zarur davolash muolajalari olib borilgani ushbu bemorning butkul sog‘ayishini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 8 nafarga yetdi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!