Xurgadada akula hujumi oqibatida yana bir ayol halok bo‘ldi

Xurgadada akula hujumi oqibatida yana bir ayol halok bo‘ldi

Misrning Xurgada shahrida ikki kishi akula qurboni bo‘ldi.

Avvalroq Avstriyaning 68 yoshli fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Endi Misr Atrof-muhit vazirligi, Al Arabiyaga tayanib, yana bir ayolning o‘limi haqida e’lon qildi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan, biroq Daily Mail nashriga ko‘ra, ikkinchi marhum Ruminiyadan kelgan sayyohdir.

Voqea tufayli Qizil dengizning hududdagi bir qismi suzish uchun yopildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!