"Xudo sizni asrasin": Rim papasi Messiga murojaat qildi

"Xudo sizni asrasin": Rim papasi Messiga murojaat qildi

Rim papasi Fransisk "PSJ" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messiga dastxati tushirilgan futbolka uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Telam nashri yozmoqda.

“Buyuk muhabbat bilan” yozuvi tushirilgan futbolkani Fransiskka rasmiy tashrif bilan Vatikanga kelgan Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks sovg‘a qildi.

“Aziz birodar, menga yuborgan futbolkangiz, fidoyiligingiz uchun rahmat. Sizning qat’iyatliligingiz uchun tashakkur. Xuddi shunday bo‘lib qoling. Xudo sizni asrasin, har doim menga tayanishingiz mumkin. Siz mag‘rur emasligingizdan xursandman”, deya Fransisk futbolchiga minnatdorlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!