XTV Shayxontohur tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

XTV Shayxontohur tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqda uch nafar o‘quvchi tomonidan kaltaklanayotgan o‘quvchi videosi tarqaldi. Mazkur holat 2 dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi 254-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari R.R., A.M., A.O., S.M. va A.K. sinfda o‘zaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan.

Tanaffus vaqtida maktab binosining 3-qavat koridorida uch nafar o‘quvchi R.R., A.O., A.M. o‘quvchi A.K.ni urgan.

Mazkur holatni S.M. o‘quvchi R.R. bergan uyali telefon apparatiga videotasvirga olgan. Ushbu tasvirga olingan videoni R.R. ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari aralashuvi bilan mazkur holatga Shayxontohur tuman IIO FMB inspektori jalb etildi. Maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida surishtiruv ishlari olib borildi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar R.R., A.O. va A.M. ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi tartibida chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasida ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi mazkur ishni o‘rganib chiqdi va 5 dekabr kuni yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan o‘quvchilarning ota-onalari R.M., K.M., O.T. va M.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga binoan jarima jazosi tayinlandi.

Shu bilan birga, R.M.ni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritiladi. Voyaga yetmagan o‘quvchi R.R.ni ixtisoslashgan maxsus muassasaga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar tayyorlash ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!