Xorvatiya Shengen hududiga kirdi

Xorvatiya Shengen hududiga kirdi

Evropa Ittifoqi 2023 yil 1 yanvardan Xorvatiyani Shengen hududiga qabul qiladi. Vizasiz hududga kirish huquqi uchun Bolgariya va Ruminiyadan topshirilgan ariza, asosan, Avstriya tomonidan ko‘rsatilgan qarshilik tufayli rad etildi, deb yozadi “Euronews”.

Shunday qilib, hozircha Shengen hududi 2013 yilda YEI tarkibiga kirgan Xorvatiya hisobiga kengaydi.

Darvoqe, Kipr hukumati ham Shengenga kirish uchun ariza topshirgan.

Bugungi kunda Yevropa Ittifoqining 27 mamlakatidan faqat 4 tasi – Bolgariya, Ruminiya, Kipr va Irlandiya fuqarolari mintaqada vizasiz yurolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!