Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

So‘nggi o‘n yillikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning strategik yondashuvlari asosida mamlakatimiz gidroenergetikasi yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Har bir daryo, soy va suv oqimi bugun yangi energiya manbasiga aylanib, gidroenergetik salohiyatni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Izchil islohotlar, zamonaviy texnologiyalar va yirik investisiya loyihalari natijasida mamlakatimizdagi GESlar soni 36 tadan 106 taga, gidroenergetika sohasining umumiy quvvati esa 2,5 GVtga yetkazilib, suv resurslaridan samarali foydalanish orqali “yashil” energetikani rivojlantirishning mustahkam poydevori yaratildi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi gidroenergetika sohasidagi hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Davlat rahbari tomonidan sohani rivojlantirish, kichik va mikro GESlar qurilishini kengaytirish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekgidroenergo” AJ xalqaro tajribani o‘rganish va zamonaviy texnologik yechimlarni mamlakatimiz amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abdurahmonov boshchiligidagi delegasiya Koreya Respublikasidagi xizmat safari davomida gidroenergetika texnologiyalariga ixtisoslashgan Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi.

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida delegasiya zamonaviy gidroagregatlar va gidroenergetika uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish hamda sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, past bosimli suv oqimlaridan samarali foydalanishga mo‘ljallangan, kichik va mikro GESlarda qo‘llash imkonini beruvchi innovasion gidroagregatlarning texnik yechimlari o‘rganildi.

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Koreya tajribasining muhim jihatlaridan biri – uskunalarning ishlab chiqarish jarayonining o‘zidayoq sinovdan o‘tkazilishi, texnik parametrlarining nazorat qilinishi va samaradorligining baholanishi bo‘lib, mazkur yondashuv O‘zbekistonda zamonaviy gidroenergetika uskunalarini ishlab chiqarish va yanada takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Shuningdek, delegasiya a’zolari zavod yaqinidagi Baekjebo GES faoliyati hamda o‘rnatilgan texnologik jihozlari bilan tanishdilar. Janubiy Koreyaning Geum River daryosida joylashgan Baekjebo suv inshooti tarkibida kichik gidroelektr stansiyasi ham faoliyat yuritadi. 2011 yilda foydalanishga topshirilgan mazkur gidrotexnik majmuada jami 2,64 MVt quvvatga ega 4 ta gidroagregat o‘rnatilgan bo‘lib, stansiya mavjud suv oqimi va bosimidan samarali foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Xorijiy tajriba: “O‘zbekgidroenergo” delegasiyasi Kumsung Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasining zavodiga tashrif buyurdi

Ma’lumot uchun: Kumsung E&C Co., LTD. kompaniyasi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, energetika sohasi uchun uskunalar, jumladan, kichik va mikro GESlar jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Shuningdek, kompaniya suv ta’minoti va sug‘orish tizimlari uchun zatvorlar va ko‘targichlar, metall konstruksiyalar, ko‘p pog‘onali avtomatik zatvorlar, suv ta’minoti va oqova suv tizimlari uchun uskunalar, shuningdek, nasos stansiyalari uskunalari, avtomatik chiqindi yig‘uvchi qurilmalar, kranlar va zatvorlar uchun nasoslar hamda boshqa turdagi maxsus jihozlarni ishlab chiqaradi.