Xorijdagi vatandoshlar JCH-2026da O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashmoqda

Xorijdagi vatandoshlar JCH-2026da O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashmoqda

Futbol bo‘yicha FIFA-2026 Jahon chempionatida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs munosabati bilan qator xorijiy davlatlarda vatandoshlar ishtirokida jamoaviy tomosha va uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Rimda O‘zbekiston elchixonasi tomonidan milliy terma jamoa o‘yinini birgalikda tomosha qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida fan-klub tashkil etildi. Tadbirda Italiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, talabalar, diplomatik korpus vakillari hamda mahalliy futbol ishqibozlari qatnashdi.

O‘yin arafasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov vatandoshlarga videomurojaat yo‘llab, jamoani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ishtirokchilar davlat bayrog‘ini hilpiratib, futbol bayrami muhitini yaratgan holda terma jamoani faol qo‘llab-quvvatladi.

O‘yinga mahalliy muxlislar ham alohida qiziqish bildirib, O‘zbekiston jamoasining chiqishini diqqat bilan kuzatib borishayotgani hamda O‘zbekiston terma jamoasiga italiyalik futbol yulduzi Fabio Kannavaro boshchilik qilayotganidan alohida faxrlanishini ta’kidladi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida ham ushbu o‘yin uchun jamoaviy tomosha tashkil etildi. Unda 150 dan ortiq kishi, jumladan, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba-vatandoshlar, o‘zbek diasporasi vakillari hamda diplomatik missiya xodimlari ishtirok etdi.

Translyasiya boshlanishidan avval ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari hamda ta’lim, bandlik va sport sohalarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Mahalliy sportchilarimizning xalqaro maydondagi yutuqlari o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan izchil davlat siyosati natijasi ekani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tomonidan ham “Evraziya-Sibir” o‘zbek ulgurji-taqsimlash markazida jamoaviy tomosha tashkil etildi. Tadbirda 70 dan ortiq vatandosh, jumladan, haydovchilar, savdogarlar, umumiy ovqatlanish sohasi xodimlari, Bosh konsulxona, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va Migrasiya agentligi xodimlari ishtirok etdi.

Tomosha O‘zbekiston davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. Ishtirokchilar katta ko‘tarinkilik bilan o‘yinni kuzatib, milliy terma jamoaga bo‘lgan birdamlik va fidoyi muxlislikni namoyon etdi.

Qozog‘istonning Oqtov shahrida Bosh konsulxona ko‘magida tashkil etilgan milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash uchrashuvi ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston–Portugaliya uchrashuvini ushbu hududda ishlayotgan va o‘qiyotgan 100 dan ortiq yurtdosh birgalikda tomosha qildi.

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi tomonidan uyushtirilgan jamoaviy tomosha o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi ramzi bo‘lgan “Toshkent” bog‘i hamda “Toshkent” restoranida tashkil etildi. Bu uchrashuvga alohida tantanavorlik va samimiy ruh bag‘ishladi.

Vatandosh muxlislar Portugaliya terma jamoasiga qarshi kechgan shiddatli bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasini faol qo‘llab-quvvatladi. Ishtirokchilar bu kabi tashabbuslar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga hamda mintaqada madaniy va sport hamkorligini rivojlantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Singapurda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ham O‘zbekiston o‘yinlarini birgalikda tomosha qilish uchun birlashdi. Tadbir ishtirokchilari ko‘tarinki ruh va faxr tuyg‘usi bilan milliy jamoani qo‘llab-quvvatlab, futbolchilarning har bir harakatini olqishlab turdi.

Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlar nafaqat milliy terma jamoa o‘yinlarini birgalikda kuzatish imkonini beradi, balki xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida do‘stlik aloqalari, jipslik va milliy g‘urur tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Singapurdagi vatandoshlar O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida qatnashishi mamlakat sporti rivojida tarixiy voqea ekanini ta’kidlab, jamoaga xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etishini chin dildan tiladi.

O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tashabbusi bilan ham Polsha savdo-sanoat palatasi, tahliliy markazlar, OAV, diplomatik korpus vakillari hamda vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinining jamoaviy tomoshasi uyushtirildi. Uchrashuv davomida mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, mamlakatimiz madaniyati va turistik salohiyati haqida so‘z yuritildi.

O‘z navbatida, tadbir qatnashchilari O‘zbekiston milliy terma jamoasining ushbu musobaqadagi ishtiroki nafaqat sport, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va obro‘-e’tiborini yuksaltirishda ham muhim ahamiyatga ega ekanini e’tirof etdi.

Xorijdagi vatandoshlar fikricha, bu kabi uchrashuvlar nafaqat milliy jamoa o‘yinlarini birgalikda kuzatish imkonini beradi, balki chet eldagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida do‘stlik aloqalari va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

Hindistonda bir kunlik milliy motam e’lon qilindi

Бу ҳақда Ҳиндистон Ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

PDXX raisi Rustam Jo‘rayevning biografiyasi

Рустам Мирзаевич Жўраев — 1968 йил 26 июлда Тошкент шаҳрида таваллуд топган.

Toshkentdagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan YPX xodimining shaxsi ma’lum bo‘ldi

Марҳум 29 ёшли Озодбек Қўлдошалиев ЙПХ бригадаси Махсус батальони мото гуруҳи командири, лейтенант лавозимида хизмат қилган.

Bellingem o‘yindan so‘ng nima sababdan Argentina terma jamoasi o‘yinchisini urgani ma’lum bo‘ldi

Англия терма жамоаси ярим ҳимоячиси Жуд Беллингем ЖЧ-2026 ярим финали тугаганидан сўнг Аргентина терма жамоаси ўйинчиси Валентин Барко билан тортишиб қолди.

Ukrainani “Rus” deb qayta nomlash taklif qilindi

Сиёсатчи номни ўзгартириш имкониятини Украинанинг ЕИга аъзо бўлиш истиқболлари билан боғлаган.

Superliga. 12-turdan keyingi turnir jadvali (foto)

Суперлига баҳсларида 12-тур ўйинлари якунланди.

Rossiyaning migrantlarga yangi talabi yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi

Маълум қилинишича, бу ҳақдаги қонун лойиҳаси муҳокама босқичида ва ҳали қабул қилинмаган

«Real» hujumchisi Mourinyoni hayratda qoldirdi

Мадриднинг «Реал» клуби ҳужумчиси Гонсало Гарсия ўз жисмоний ҳолати билан жамоадошлари ва мураббийлар штабини лол қолдирди.

Quvaytdagi Amerika bazasiga qilingan hujumdan omon qolganlar qo‘mondonlikni beparvolikda ayblamoqda

Бу ҳақда The Washington Post (WP) бу ҳақда ички тергов билан таниш манбаларга таяниб хабар берди.

London osmonidan ulkan ajdaho uchib o‘tdi

“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ўзининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида янги пост жойлаштирди.

Prezident milliy jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tekshirishni talab qildi

Мен бу кутилмаган натижадан шунчаки ҳайратда эмас, балки бутунлай лол қолдим.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi qo‘lga olindi

Амалиёт вақтида огоҳлантирувчи ўқ узилгани ҳолати ҳам текширилмоқда.

Alisher Qodirov futbolchilarga: "Kongo bilan o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi"

Депутат Алишер Қодиров Португалияга қарши ўйинда йирик ҳисобда мағлубиятга учраган Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиларини танқид қилди.

Kiyevda ketma-ket uchinchi kun namoyishlar davom etmoqda

"Интерфакс-Украина" маълумотларига кўра, Крещатик ёнидаги Иван Франко майдонида 10 мингга яқин одам тўпланган.

"Jahon bozori tayyor emasdi". Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi butun dunyoga tarqalmoqda

Россияда бензин тақчиллиги аввал ҳам кузатилган, аммо ҳозирги вазият миқёси ва давомийлиги билан ажралиб туради.

Nemis jurnalistlari "Baba Yaga" haykali orqali Rossiya armiyasining mashg‘ulot lagerini topdi

Илгари Россия армиясига асосан Африкадан аскарлар ёлланган бўлса, эндиликда Индонезия, Малайзия ва Камбоджа фуқаролари жалб қилинмоқда

Rossiya Kiyevga 40 ga yaqin ballistik raketa, "Iskander-M", "Sirkon" va S-400 majmuasi raketalarini uchirdi

Ҳужум оқибатида автомобиллар, супермаркет, ётоқхона ва турар-жой бинолари ёниб кетган.

Tahlilchilar JCH-2026 finalida Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi g‘olibni bashorat qilishdi

Бугун, 2026 йил 19 июль куни, Тошкент вақти билан соат 00:00 да футбол бўйича жаҳон чемпионати финалида Испания ва Аргентина терма жамоалари ўзаро тўқнаш келишади.

The Wall Street Journal: Isroil AQShdagi nufuzini yaxshilash uchun 50 mln dollarlik axborot kampaniyasini boshladi

The Wall Street Journal маълумотига кўра, америкаликлар орасида Исроилни қўллаб-қувватлаш даражаси пасайиб бораётгани ортидан мамлакат АҚШ жамоатчилик фикрига таъсир қилиш учун қиймати 50 миллион доллар бўлган кампанияни йўлга қўйган.

Rossiyada urushga borishni xohlagan mahbuslarga pul to‘lana boshladi

Россияда ҳарбий хизматни ўташ учун шартнома имзолаётган маҳбусларга ҳудудий пул нафақалари тўлана бошлади.

Eron Saudiya Arabistonida joylashgan AQSh harbiy bazasi tomon ballistik raketa uchirdi

Бу ҳақда америкалик расмийга таяниб Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

Шунингдек, мамлакат тикланиш ишларини молиялаштириш учун Халқаро валюта жамғармаси (ХВЖ) захираларидан 346 миллион доллар ажратилади.

Iroqdagi eronparast qurolli guruh Trampni o‘ldirganlik uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi — "Gulf News"

​Нашрнинг хабар беришича, бу маблағ хайриялар ҳисобидан йиғилган.

Toshkentda “Onix” va YPX motosikllari to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ижтимоий тармоқларда мазкур ЙТҲ кортеж кузатуви вақтида содир бўлгани тўғрисида нотўғри талқин кузатилмоқда.

Eron AQSh hujumiga javoban husiylarga Bab al-Mandab bo‘g‘ozini yopishni buyurgan

Reuters агентлигининг хабар беришича, агар АҚШ Эроннинг электр станцияларига зарба берса, Теҳрон Ямандаги ҳусийларга Баб ал-Мандаб бўғозини ёпиш бўйича кўрсатма берган.

Afg‘onistonda bolalar nikohi oqibatida joriy yilda kamida 42 nafar voyaga yetmagan qiz farzandli bo‘ldi

The Guardian маълумотига кўра, улардан 6 нафари иккинчи марта она бўлган, 5 нафарда бачадондан ташқари ҳомиладорлик қайд этилган, 2 нафар қиз эса туғруқ пайтида вафот этган.

Zaporojye AES bosh muhandisi Ukraina droni hujumi oqibatida halok bo‘ldi

МАГАТЭ бош директори Рафаэль Гросси ушбу ҳодисани қоралади, деб хабар берди агентлик.

So‘nggi bir kun ichida Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida 13 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Сўнгги бир кун ичида Исроилнинг Ғазо секторига уюштирган ҳужумлари оқибатида камида 13 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, 18 киши жароҳатланди, деб хабар бермоқда “Дунё” АА мухбири “Anadolu” агентлигига таяниб.

Pezeshkian Trampga: «Eronni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar hozir qayerda?»

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан АҚШ президенти Дональд Трампнинг баёнотларига жавоб қайтариб, Теҳрон таҳдидларга қуруқ сўзлар билан эмас, амалий ҳаракатлар билан муносабат билдиришини таъкидлади.

Kanadada yuk poyezdi o‘rmon yong‘ini qurshovida qolib ketdi

Аланга ичида қолган поезд Армстронг шаҳри ва яқин атрофдаги аҳоли пунктлари аҳолисини эвакуация қилиш учун фойдаланилган.

Erdog‘an: "15 iyul qahramonona qarshiligi jahon demokratiyasi tarixida benazir hodisadir”

Туркия сиёсий тарихидаги энг шафқатсиз давлат тўнтаришига уринишлардан бири бундан роппа-роса 10 йил аввал, 2016 йил 15 июль куни содир бўлган эди. Мамлакатимизнинг давлат муассасаларига яширинча жойлашиб олган террористик оқим томонидан амалга оширилган ушбу давлат тўнтаришига уринишнинг мақсади Туркияни узоқ йиллар давом этадиган тартибсизлик ва беқарорлик муҳитига судраб, халқимизнинг келажагини ўз назорати остига олиш эди.

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Ортга қайтаётганда йўлни қисқартириш мақсадида асосий маршрутдан четга чиққани сабабли адашиб қолган ва қутқарувчилар ёрдамига муҳтож бўлган.

O‘zbekistonlik talabalar “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi doirasida Ozarbayjonga tashrif buyurdilar

Озарбайжон Республикаси Маданият вазирлиги ҳамда Озарбайжон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Элчихонаси ҳузуридаги Ҳайдар Алиев номидаги Озарбайжон Маданият маркази ташаббуси билан амалга оширилаётган “Озарбайжон маданиятининг ёзги мактаби” лойиҳаси доирасида Ўзбекистон Республикасидан бир гуруҳ талабалар Озарбайжонда сафарда бўлиб турибди.

JSST: Kongoda Ebola bilan kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardan 4 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) маълумотларига кўра, Конго Демократик Республикасида Эбола билан касалланганларнинг ҳақиқий сони расмий кўрсаткичлардан (тахминан 2 мингта касалланиш ва 700 дан ортиқ ўлим ҳолати) 4 баробар кўп бўлиши мумкин.

Evropada jazirama qurbonlari soni 10 mingdan oshdi

Маълум қилинишича, ўлим ҳолатларининг аксарияти 65 ёш ва ундан катта аҳоли вакиллари орасида қайд этилган.

G‘azoda so‘nggi bir kunda 8 kishi halok bo‘ldi

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида Исроил ҳарбийларининг ҳужумлари оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, яна 32 киши жароҳат олди.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Жанубий Кореянинг собиқ президенти Юн Сок Ёл сайловолди кампаниясини молиялаштириш тўғрисидаги қонунни бузганлик бўйича ишда икки йилга озодликдан маҳрум этилди.

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Хитойда COVID-19 билан касалланиш ҳолатлари яна кўпаймоқда. Хитой Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш маркази маълумотларига кўра, июнь ойида мамлакатда 79 мингта тасдиқланган инфекция ҳолати қайд этилган.