Xorij fuqarosini O‘zbekistonga taklif qilish uchun onlayn xizmat ko‘rsatiladi

Xorij fuqarosini O‘zbekistonga taklif qilish uchun onlayn xizmat ko‘rsatiladi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Bu borada Hukumatning tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bunda, vakolatli davlat organi tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xorijdan taklif qilish uchun vakolatli davlat organiga an’anaviy tarzda murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati tartibi ham saqlab qolinadi.

Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun YAIDXP orqali davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ham tasdiqlanadi.

Tegishli vazirlik va idoralarga olti oy muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bilan bog‘liq elektron murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini YAIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.

Vakolatli organlardan biri bo‘lgan Davlat xavfsizlik xizmati hisoblanib, u yetti ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston hududiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida elektron tizim orqali fikrini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!