Xorazmlik fuqaroning muammosi 17 yildan beri yechimini topmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Xorazmlik fuqaroning muammosi 17 yildan beri yechimini topmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi fuqarodan uy-joyga egalik huquqini olish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatchining yozishicha, unga 2003 yilda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lsada, u yerga qurilgan uy-joylarga tuman arxitektura, kadastr va hokimlik tomonidan sansolarlik qilinib 17 yildan beri egalik huquqi berilmasdan kelingan.

Ombudsman nazoratiga olingan mazkur ish bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, tuman hokimiga murojaat qilindi. Natijada 2021 yilning fevral kuni mazkur turar-joy binosi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini berish va turar joy binosiga nisbatan mulk huquqni e’tirof qilish bo‘yicha tuman hokimining qarori qabul qilingan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!