Xorazmlik fuqaro totalizator orqali fuqarolarning pulini o‘marib, 4 ta uy va mashinalar sotib olgani aniqlandi

Xorazmlik fuqaro totalizator orqali fuqarolarning pulini o‘marib, 4 ta uy va mashinalar sotib olgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, internet tarmog‘ida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarini sport o‘yinlariga pul tikish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, evaziga o‘zi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!