Xorazmlik erkak Rossiyada tepa qavatdan yiqilib tushgani ma’lum bo‘ldi

Xorazmlik erkak Rossiyada tepa qavatdan yiqilib tushgani ma’lum bo‘ldi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga Xorazm viloyatidan fuqaro K.B.ning Rossiya Federasiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida og‘ir tan jarohati olgan turmush o‘rtog‘i B.M.ni O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaat arizasi bo‘yicha Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganda, fuqaro B.M. 2019 yilning may oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga ketganligi, 2021 yilning noyabr oyida balandlikdan yiqilib, umurtqa pog‘onasidan og‘ir tan jarohati olganligi aniqlandi.

Bugungi kunda fuqaro mustaqil harakatlana olmasligi va mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganligi, davolanish jarayonini davom ettirish maqsadida O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.

Fuqaroning pasporti yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli Vakolatxona xodimlarining sa’y-harakatlari natijasida mamlakatimizning Moskva shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Vatanga qaytish guvohnomasi kommissiya to‘lovlarisiz, qisqa fursatlarda tayyorlab berildi.

23 yanvar kuni fuqaro B.M. shifokor nazoratida Moskva Toshkent aviareysi orqali Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga olib kelindi.

Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma’sul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib oldi. Yaqin qarindoshlari hamrohligida Xorazmga kuzatib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!