Xorazmlik erkak IIB xodimlari tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda

Xorazmlik erkak IIB xodimlari tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardagi «fuqaro SH.YU.ga Gurlan tuman IIB xodimlari kuch ishlatishdi» sarlavhali xabarlar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.R. va SH.YU.lar Gurlan tuman prokuraturasiga murojaat qilib, unda tuman IIB xodimlari kuch ishlatib, tan jarohati yetkazishganligini va SH.Yu tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganligini ko‘rsatib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, fuqaro SH.YU.da tan jarohati bor yoki yo‘qligini aniqlash yuzasidan sud – tibbiy ekspertizasi va IIB xodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda murojaatdagi holatlar yuzasidan Gurlan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!