Xorazmlik ayol turmush o‘rtog‘iga bir buyragini berdi

Xorazmlik ayol turmush o‘rtog‘iga bir buyragini berdi

🏥 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialida murakkab transplantasiya amaliyoti — buyrak ko‘chirib o‘tkazish operasiyasi bajarildi.

Bemor Davron Rajabov — Bog‘ot tumanidan. U ko‘p yillardan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelayotgan edi. So‘nggi paytlarda esa ahvoli yanada og‘irlashdi. Shifoxonaga murojaat qilganida mutaxassislar unga so‘nggi chora sifatida transplantasiya amaliyotini tavsiya etdi.

Donorlik uchun turmush o‘rtog‘i — Kamola Sa’dullayevaning tibbiy tahlil natijalari mos keldi. Ayoli bu tanlov oldida ikkilanib o‘tirmadi. Eriga bir buyragini berishga qaror qildi.

Operasiya olti soatdan ko‘proq vaqt davom etdi. Uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va viloyat filiali jarrohlari o‘zaro hamkorlikda bajarishdi.

Muhimi, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Har ikkisida tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.

‼️Aytish joizki, ushbu buyrak transplantasiyasi viloyatda o‘tkazilgan shu turdagi sakkizinchi noyob amaliyotdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!