Xorazmda qaynog‘asini pichoqlab o‘ldirgan 27 yoshli shaxs 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Xorazmda qaynog‘asini pichoqlab o‘ldirgan 27 yoshli shaxs 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudining hukmi bilan qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgan 27 yoshli shaxsga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi o‘z uyida qaynag‘asi bilan bazm uyushtirib, birgalikda spirtli ichimlik ichgan. Mastlik oqibatida ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan.

Sud ekspertizasi xulosasida marhumning o‘limiga ko‘krak va yelka qismiga 5 marotaba oshxona pichog‘i sanchilib, og‘ir tan jarohati yetkazilishi sabab bo‘lgani tasdiqlangan.

Sud tergov hujjatlari, guvohlarning ko‘rsatmasi va tomonlarning fikrini inobatga olib, hukm chiqargan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismini sodir etganlikda aybdor deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!