Xorazmda “geroin”ni pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazmda “geroin”ni pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

2021 yil 18 noyabr kuni soat 15:00 larda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Ittifoq» mahallasida yashovchi, 51 yoshli U.O. shartli xaridorga o‘zining «Neksiya-2» rusumli avtomashinasida qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, vazni 0,03 gramm «geroin» giyohvandlik vositasini 100.000 so‘m evaziga sotgan vaqtida ushlangan.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida U.O., ning egnidagi kiyimlari holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘ng tomon paypog‘idan "geroin" giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlangan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan moddalar bo‘yicha sud kimyoviy ekspertiza tayinlangan, U.O., ning yonidan chiqqan modda sof og‘irligi 0,04 gramm "gerlanoin" giyohvandlik vositasi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yich Xorazmi viloyati Qo‘shko‘pir tumani IIB huzuridaga Tergov guruhi tomonidan U.O. , ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoit kodeksining
273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarey, ularning analoglarey yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!