Xorazmda fuqaro 4 tup “kannabis” o‘simligini yetishtirib kelayotganligini aniqladi

Xorazmda fuqaro  4 tup “kannabis” o‘simligini yetishtirib kelayotganligini aniqladi

Joriy yilning 1 avgust kunidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, mazkur tadbir doirasida Xorazm viloyati IIB tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi hamda taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan chora-tadbirlar ham kuchaytirilgan tarzda olib borilmoqda.

Bu boradagi jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashda hududiy profilaktika inspektorlari ham faollik ko‘rsatishmoqda.

Xususan, joriy yilning 11 sentyabr kuni Gurlan tumani “Olg‘a” mahallasida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori leytenant D.G‘o‘chiyev “xonadonbay” tartibida profilaktik ishlarini o‘tkazish jarayonida, shu mahallada yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Q. o‘z uyining tomorqasida 4 tup “kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotganligini aniqladi.

Shundan keyin hodisa joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi tomonidan tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan “kannabis” o‘simligi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Hosilga kirish arafasida bo‘lgan ushbu 4 tup “kannabis”ning vazni 11 kilogrammdan ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!