Xorazmda diniy aqidaparastlikka berilgan shaxslar qo‘lga olindi

Xorazmda diniy aqidaparastlikka berilgan shaxslar qo‘lga olindi

Xorazm viloyati olingan xabarlarga ko‘ra IIB, DXX, Milliy gvardiya va MV xodimlari tomonidan tezkor-tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Shovot tumani Cho‘qli qishlog‘ida yashovchi 1991 y.t. fuqaro YA.S. «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali mamalakatimiz hududida faoliyati ta’qiqlangan diniy ekstremistik oqimlar tomonidan «8-mart bilan tabriklagan odamning hukmi» nomli aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videoma’ruzasini o‘zini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotganligi aniqlandi.  

Shu kabi holat, Yangiariq tumani Gulobod qishlog‘ida yashovchi 1989 y.t. fuqaro V.X. internet ijtimoiy tarmog‘ining «Telegram» messenjerida “Abdulhamid” nomli profil yaratib, ushbu profilda mamlakatimizda faoliyati taqiqlangan «Mahmud Abdulmo‘min», «Shayx Sodiq Samarqandiy» va boshqa norasmiy mualliflarning kanallariga a’zo bo‘lib, ularning diniy mazmundagi ma’ruzalarini tarqatish maqsadida telefon apparati xotirasiga yuklab olganligi aniqlandi. Shuningdek, «Telegram» messenjerida «Tavhid» nomli kanal va guruh tashkil etib, guruh a’zolariga yuqoridagi norasmiy mualliflarning ma’ruzalarini tarqatib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, V.X. «Telegram» messenjerida, «Muallimi soniy» nomli guruh ochib, guruhga a’zo bo‘lganlarga diniy ta’limdan saboq berib kelayotganligi aniqlangan.

Har ikkala holat yuzasidan tegishli tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan   surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!