Xorazmda bog‘cha bolasining vafot etishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Xorazmda bog‘cha bolasining vafot etishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Xonqa tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etdi” sarlavhali xabarlar o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, Xonqa tumani, "Toma" mahallasida joylashgan 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2-katta guruh tarbiyalanuvchisi O‘rinboyev Shodiyor Azizbek o‘g‘li (30.06.2017 yilda tug‘ilgan, 5 yosh) 03.08.2022 yil bog‘chada tushlikdan keyin soat 12.20 larda o‘zini yomon xis qila boshlaganligini payqagan tarbiyachi A.Ro‘zmetova bog‘cha hamshirasi A.Jumaboyevani chaqirgan.

Hamshira A.Ro‘zmetova tomonidan SH.O‘rinboyevga birinchi yordam ko‘rsatilgan va bu haqda tez tibbiy yordam hamda bolaning ota-onasiga xabar berilgan. SH.O‘rinboyev tez tibbiy yordam mashinasida Xonqa TTB olib borilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Marhum SH.O‘rinboyevning ota-onasi A.Qalandarov va M.Artiqbayevalarga ko‘ra, SH.O‘rinboyevning tutqanog‘i tutib turgan. Biroq, bu haqda maktabgacha ta’lim muasasasi xodimlarini ogohlantirishmagan, shuningdek SH.O‘rinboyev epilepsiya yoki boshqa kasallik bilan tibbiyot birlashmasida hisobda turmagan.

Mazkur holat yuzasidan Xonqa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!