Xorazmda bankni o‘margan shaxs 11 yilu 6 oyga qamaldi

Xorazmda bankni o‘margan shaxs 11 yilu 6 oyga qamaldi

2021 yil 9 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida 1990 yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, oilali, oliy ma’lumotga ega fuqaroga taalluqli ish ko‘rib chiqildi.

2020 yil 30 oktyabr kuni oldindan reja qilib yurgan bosqinchilik jinoyatini sodir etgan. Soat 10:30 larda Urganch shahar, “Jizzax” ko‘chasi, 4/1-uyda joylashgan AT “Xalq banki” Xorazm filiali Amaliyot bo‘limi qoshidagi “Tinchlik” bank xizmatlari markazi binosi yoniga borib, markaz boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank sohasi bo‘yicha DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodim deb tanishtirib, jinoiy harakatlari oshkor bo‘lib qolmasligi uchun Xorazm viloyat shevasiga xos bo‘lmagan shevada gapirib, birga ishlovchi sherigi bilan tezda DXX viloyat boshqarmasi binosi oldiga kelishini aytadi.

Ular markaz binosidan chiqib ketishganidan so‘ng, binoga mijoz sifatida kirib, g‘aznachisining yolg‘iz qolganidan foydalanib, unga hujum qilib, boshini temir seyfga urib tan jarohatlari yetkazadi. Keyin bank markazidagi qiymati – 218 million 469 ming 149 so‘mlik 21 ming 088 AQSh dollari va 20 million 847 ming 565 so‘m pullarini hamda I. Valijonovaning qiymati – 2 million 200 ming so‘mlik “Samsung” rusumli telefon apparatini qo‘lga kiritib, jami 241 million 516 ming 714 so‘m pullarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida ko‘rib chiqilgan ishda barcha dalillar o‘rganilib, tomonlarning ko‘rsatmasi eshitilib, Sherzodga O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi, 57-moddasi, 168-moddasi 1-qismi, 28, 211-moddasi 1-qismi, 59, 61-moddalari tartibida uzil-kesil 11 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!