Xorazmda 22 yoshli ayol "samosud" qilindi

Xorazmda 22 yoshli ayol "samosud" qilindi

Xorazm viloyati Urganch shahrida 8 iyul kuni 22 yoshli ayol opa-singil tomonidan «samosud» qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmat xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Urganch shahar Jaloliddin Manguberdi nomli mahallada sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu mahallada yashovchi 35 yoshli N.M. va 33 yoshli D.M. ismli opa-singillar Urganch shahrining Baynalminalchi mahallasida yashovchi 22 yoshli M.O. ismli ayol bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Urganch shahar ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!