Xorazmda 19 yoshli kelin o‘zini osdi. Holat tekshirilmoqda

Xorazmda 19 yoshli kelin o‘zini osdi. Holat tekshirilmoqda

Xorazmda 2002 yilning 14 fevralida tug‘ilgan kelin o‘z joniga qasd qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, Shovot tumani, “Katqal’a” mahallasi, “Semrug” ko‘chasi, 45-uyda yashagan fuqaro Qadamboyeva Muxlisa Zafar qizi 2021 yil 01 aprel kuni soat 11:00larda o‘z uyining qora mollarni saqlash xonasining yog‘och to‘siniga oq rangli shpagat ip bilan o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd  qilgan.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekseprtizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Dastlabki ekspert ma’lumotiga ko‘ra fuqaro M.Qadamboyevaning o‘limiga o‘zini o‘zi osishi natijasidagi asfiksiya sabab bo‘lgan.

Marhuma 2020 yil oktyabr oyida 04.08.2001 yilda tug‘ilgan M.Yangiboyev bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqal’a mahallasida istiqomat qilib kelgan.

Shu bilan birga, dastlabki to‘plangan hujjatlarga ko‘ra fuqaro M.Qadamboyeva yoki uning oila a’zolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga shikoyat qilishmagan.

Turmush o‘rtog‘i M.Yangiboyev yoki oila a’zolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan ro‘yxatda turmaydi.

            Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!