Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTH sodir etdi. 3 kishi vafot etdi

Xorazmda 10-sinf o‘quvchisi dahshatli YTH sodir etdi. 3 kishi vafot etdi

Xorazm viloyati Urganch tumanida tegishli hujjatlarsiz Lacettini boshqarib ketayotgan 10-sinf o‘quvchisi Damasga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 6 may kuni soat 15:30 larda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan maktab o‘quvchisi E.B. Lacettini Urganch tumani hududidan o‘tgan 4P-162 sonli katta aylanma yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotib, tezlikni oshirib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va Damas bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki fuqaro turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!