Xorazm viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida sport anjomlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi

Xorazm viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasida sport anjomlari qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining moddiy javobgar shaxslari tomonidan 7 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan 29 turdagi sport anjomlari O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosidan 475 mln so‘mga qimmat narxlarda sotib olinganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!