Xonadondan pul va uy ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan erkak aniqlandi

Xonadondan pul va uy ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlagan erkak aniqlandi

Furqat tumani. Hayit mahalla hududida yashovchi M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 14 sentyabr kunidan 15 sentyabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 10.930.000 so‘mlik uy ro‘zg‘or buyumlari, 1.000 AQSh dollari hamda 36.150.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B,G” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni N.I sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!