Xiva shahrida ilk 5 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Xiva shahrida ilk 5 yulduzli mehmonxona qurilmoqda

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Xiva shahrida qurilayotgan mehmonxonalarda ketayotgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Xiva shahrida yangi qurilayotgan 5 yulduzli «Farovon» mehmonxonasi 100 o‘ringa mo‘ljallangan.

Mehmonxonaning 800 o‘rinli anjumanlar zali uchrashuvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Uning qurilishiga 300 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Ushbu loyiha 2021 yil oxirida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Uzbektourism.uz xabariga ko‘ra, Aziz Abduhakimov mazkur mehmonxona qurilish jarayoni bilan tanishib chiqib, mutasaddilarga mehmonxonaning xalqaro talablarga muvofiq qurilishi va talabchan sayyohga ham manzur bo‘lishi haqida topshiriqlar berdi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor sayyohlik markazlaridan biri bo‘lgan Xiva shahrida doimiy ravishda turli festival, ommaviy tadbir va bayramlar o‘tkaziladi. Sayyohlar oqimining tobora ko‘payishi esa shaharda zamonaviy va shart-sharoitlarga ega bo‘lgan mehmonxonalarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!