Xitoylik olimlar eng kuchli doimiy magnit maydonini yaratishga tayyor

Xitoylik olimlar eng kuchli doimiy magnit maydonini yaratishga tayyor

Xuachjun fan va texnologiya universiteti muhandislari shu hafta Xitoyning Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi, Markaziy Xitoy) tadqiqot uchun og‘ir magnit yaratishni boshladi. Loyihalashtirilgan qurilma 110 tesla quvvatga ega qisqa magnit maydon hosil qiladi, deb xabar beradi SCMP.

Xabarda aytilganidek, og‘ir magnit inshootining qurilishi besh yil davom etadi va 2 milliard yuandan (taxminan 276 million dollar) ko‘proq mablag‘ sarflaydi.

Nashrning yozishicha, potensial foydalanuvchilar loyihalashtirilgan magnit bilan tajribalar o‘tkazish uchun saf torta boshlagan. Ular orasida yangi supero‘tkazgichlar va yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiquvchi olimlar, shuningdek, 6G aloqa texnologiyasining keyingi avlodi ustida ishlayotgan tadqiqotchilar bor.

Avval xabar qilinganidek, Xefeydagi (Anxoy provinsiyasi) Xitoy Fanlar akademiyasining texnik magnit avgust oyida 45,22 tesla magnit maydoni hosil qildi.

2018 yilda Yaponiya tadqiqot guruhi 1200 tesla quvvatga ega, ammo atigi 40 mikrosekundga teng bo‘lgan rekord magnit maydon yaratdi. Tajriba natijasida magnit qurilmaning bir qismi portladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!