Xitoyda zavodda sodir bo‘lgan portlash natijasida 17 kishi jarohatlandi

Xitoyda zavodda sodir bo‘lgan portlash natijasida 17 kishi jarohatlandi

Xitoyda zavodda sodir bo‘lgan portlash natijasida 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Lyaonin provinsiyasining Fusin shahridagi suv tozalash inshootida yuz bergan. Portlash to‘lqini yaqin atrofda joylashgan binolardagi oynalarni sindirib yuborgan.

17 kishi yengil jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Hodisa sabablari hozirda aniqlanmoqda. Vayronagarchilikning aniq hajmi ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!