Xitoyda tug‘ilish keskin kamaygani sababli abort qisman taqiqlandi

Xitoyda tug‘ilish keskin kamaygani sababli abort qisman taqiqlandi

Xitoy hukumati «Tug‘ilishni faol qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘riqnoma»ni e’lon qildi. Unda tug‘ruqdan oldin va tug‘ruqdan keyingi davrda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi Sinxua agentligi.

Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi boshqa 16 organ bilan hamkorlikda e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmat sifatini oshirish, tug‘ruq ta’tillari siyosatini takomillashtirish, uy-joy va soliq imtiyozlari, bolalar uchun qulay ish o‘rinlarini rag‘batlantirish kabi chora-tadbirlardan iborat.

Shuningdek, Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi abortni qisman taqiqlaganini e’lon qildi. Xitoy rasmiylariga ko‘ra, 2015 yildan 2019 yilgacha mamlakatda har yili o‘rtacha 9,5 million abort qilingan. Sog‘liqni saqlash xodimlarining taklifiga ko‘ra, endi homiladorlik faqat tibbiy sabablarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin. Shuningdek, kelgusida onalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ko‘lami kengaytirilib, bepushtlikni davolash yo‘lga qo‘yiladi.

Bu yil Xitoyda tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past darajaga tushishi kutilmoqda: mamlakatda 10 milliondan kam chaqaloq tug‘iladi (o‘tgan yili 10,6 million chaqaloq tug‘ilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 11,5 foizga kam).

BMT prognozlariga ko‘ra, 2023 yilda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylanadi.

1980-2015 yillarda Xitoyda «bir oila – bir bola» siyosati amalga oshirildi. 2016 yilda oilalarga 2 nafar farzand ko‘rishga ruxsat berilgan bo‘lsa, yana 5 yildan so‘ng uchinchi farzandga ruxsat berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!