Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Shansi provinsiyasida yuz bergan toshqinlar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, uch kishi bedarak yo‘qoldi.

Tinimsiz yomg‘irlar natijasida sodir bo‘lgan toshqinlardan 1,8 millionga yaqin kishi jabr ko‘rdi, 120 mingdan ortiq kishi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilindi.

Ma’lumot berilishicha, 37 mingdan ortiq uy va inshootlar zararlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qolgan.

Tabiiy ofat yetkazgan zarar 5 mlrd yuandan (770 mln dollar) ortiqroq deb baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!