Xitoyda portlamay qolgan ko‘plab bombalar topildi

Xitoyda portlamay qolgan ko‘plab bombalar topildi

Mo‘g‘uliston muxtor viloyati polisiyasi 28 portlamay qolgan bombani topdi. Taxmin qilinishicha, ular 1939 yilda Xalxin-Golda bo‘lib o‘tgan urush qatnashchilari tomonidan qoldirib ketilgan, deya xabar berdi TASS Xitoy matbuotiga tayangan holda.

Ma’lum bo‘lishicha, bombalar chegara nazorati paytida topilgan. Ular 57 santimetr uzunlikdagi va 14 santimetr diametrli zang bombalar bo‘lgan. Qayd etilishicha, ular allaqachon yo‘q qilish uchun omborga yetkazib berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Sobiq SSSR va Yaponiyaning Xalxin-Gol daryosidagi urushi 1939 yilda sodir bo‘lgan. Yakuniy jang avgust oyining so‘nggi kunlarida bo‘lib o‘tib, Yaponiyaning mag‘lubiyati bilan tugagan. Davlatlar o‘rtasidagi sulh 1939 yil 15 sentyabrda tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!