Xitoyda oziq-ovqat bozori portladi: 11 kishi o‘lgan, 100 dan ortiq odam kasalxonada (VIDEO)

Xitoyda oziq-ovqat bozori portladi: 11 kishi o‘lgan, 100 dan ortiq odam kasalxonada (VIDEO)

Xitoyning Shiyan shahridagi oziq-ovqat bozorida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.



U yerda, dastlabki versiyaga ko‘ra, gaz portlagan, natijada kamida 11 kishi halok bo‘lgan, 133 kishi jarohat olgan, ulardan 37 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, deb xabar beradi TASS. Bozor binosi vayron qilingan, savdo nuqtasi yonidagi uylarning derazalari singan.

Shaharda bir nechta qon quyish stansiyalari joylashtirilgan. Rasmiylar va shifokorlar fuqarolarni jabrlanganlar uchun qon topshirishga chaqirmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!