Xitoyda ikkinchi va uchinchi farzand uchun pul to‘lanadi

Xitoyda ikkinchi va uchinchi farzand uchun pul to‘lanadi

Xitoyning Sichuan provinsiyasi, Panchjixua shahri ma’muriyati mamlakatda birinchi bo‘lib ikkinchi va uchinchi farzand uchun yordam puli to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma’lum qildi.

Oilalarga ikkinchi va uchinchi farzand uchun bola 3 yoshgacha to‘lguncha oyiga 500 yuan (78 dollar) miqdorida yordam puli to‘lanadi. Shuningdek, ikkinchi yoki uchinchi farzandga homilador ayollar bepul parvarishlanadi. Shuningdek, mahalliy ish beruvchilarga tug‘uruqni rag‘batlantirish tavsiya etilgan.

Ushbu chora Xitoyda tug‘ish darajasi pasayib ketgani bilan bog‘langan. Hukumat tug‘ish darajasi pastligi ortida mehnatga layoqatli aholi kamayib ketishi va buning natijasida iqtisodiyot pasayishidan xavotirlanmoqda.

“Biz turmush sifatini yaxshilashimiz, bolalarni parvarishlashning inklyuziv tizimini yaratishimiz hamda oilani rejalashtirish siyosatiga muvofiq iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni ta’minlashimiz lozim”, deb aytgan avvalroq Xitoy bosh vaziri Li Kesyan.

Avvalroq Xitoyda tug‘uruqni rag‘batlantirish maqsadida uchinchi farzand ko‘rganlik uchun jarima va boshqa cheklovlar bekor qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!