Xitoyda fojia: 8 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi bedarak yo‘qoldi

Xitoyda fojia: 8 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi bedarak yo‘qoldi

18 sentyabr, shanba kuni Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasidan oqib o‘tuvchi daryoda yo‘lovchi kemasi ag‘darilib ketdi. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi bedarak yo‘qoldi.

Voqea shanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:50 da sodir bo‘lgan, 40 kishilik kema Liupanshui shahri Liuzji maxsus tumanidagi Zangke daryosida ag‘darilib ketgan.

Qutqaruvchilar 31 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi va sakkiz kishining jasadini suvdan chiqarib olishdi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, mahalliy huquq-tartibot idoralari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!