Xitoyda dahshatli o‘lat boshlanadi — shifokor

Xitoyda dahshatli o‘lat boshlanadi — shifokor

Qachondir dunyoda dahshatli virus tarqaladi, millionlab odamlar halok bo‘ladi. Bu haqda rossiyalik shifokor Aleksandr Myasnikov aytib o‘tdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, barcha virusologlar xavfli epidemiya oldinda ekanligi haqidagi fikrga qo‘shilishadi. O‘lat Xitoyda boshlanadi, to‘ng‘izlarda paydo bo‘ladi, qushlar tomonidan butun dunyoga tarqatiladi va o‘lim soni katta bo‘ladi, birinchi oylarda millionlab odamlar vafot etishi mumkin, deya ta’kidladi Myasnikov.

"Bu bo‘ladi ... Bu bo‘ladi. Bir yildan keyinmi, ikki yildan keyinmi, balki besh yoki o‘n yildan keyindir... Ammo bu bo‘ladi", deya ishonadi u.

Myasnikov, shuningdek, COVID-19 koronavirus infeksiyasining pandemiyasi dunyo jiddiy urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!