Xitoyda buyurtma qilgan taomini oxirigacha yemaganlar jarimaga tortiladi

Xitoyda buyurtma qilgan taomini oxirigacha yemaganlar jarimaga tortiladi

Xitoy parlamenti oziq-ovqat chiqindilariga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. 

Yangi qonunga ko‘ra, restoran va kafega kelib ovqatini yeb tugatmasdan qoldirib ketadiganlar jarimaga tortiladi. Mijozni me’yordan ko‘p ovqat olishga undagan restoran egalari ham jarimaga tortilishi mumkin. 

Bir o‘tirishda juda ko‘p ovqat yeyish haqida video olib tarqatish ham taqiqlandi jarima naq $15,5 ming atrofida. Qonunchilarga ko‘ra, bunday vlogerlar odatda olgan ovqatlarining hammasini yeya olmaydi, yeganlarini ham ko‘pincha qayt qilib yuboradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!