Xitoyda bolalar TikTok’ni 40 daqiqadan ortiq ishlata olmaydi

Xitoyda bolalar TikTok’ni 40 daqiqadan ortiq ishlata olmaydi

Xitoyda TikTok (Douyin) ilovasining 14 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilariga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi, deb xabar berdi South China Morning Post.

Ilovani ishlab chiqargan ByteDance kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, bundan buyon 14 yoshdan kichik foydalanuvchilar ilovani kuniga 40 daqiqadan ortiq ishlata olmaydi. Bundan tashqari, ularda kech soat 10dan ertalabki 6gacha ilova ishlamaydi.

Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar Xitoy hukumatining yoshlarda "internet-qaramlik"ning oldini olishga qarshi kurashi doirasida kiritilgan.

Shuningdek, ByteDance bolalar uchun TikTok ilovasiga o‘xshash Xiao Qu Xing ilovasini ishlab chiqdi. Xiao Qu Xing ilovasida asosan bilim beruvchi kontent joylashtirilgan va undan ham kuniga 40 daqiqagacha foydalanish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!