Xitoyda bolalar bog‘chasiga qilingan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Xitoyda bolalar bog‘chasiga qilingan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Szyansu provinsiyasidagi (Sharqiy Xitoy) bolalar bog‘chasiga qurolli hujum natijasida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda «Beyszin jibao» gazetasi voqea sodir bo‘lgan Szyansu provinsiyasi Anfu okrugi jamoat xavfsizligi boshqarmasiga tayanib ma’lum qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, beysbolka va niqob kiygan 48 yoshli Lyu ismli qurollangan shaxs xususiy bolalar bog‘chasiga bostirib kirib, xonada bo‘lgan odamlarga hujum qilgan. Hujum natijasida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi turli og‘irlikdagi jarohat oldi.

Voqea chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:22 da Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasining Anfu okrugida sodir bo‘lgan.

Hozirda mahalliy polisiya jinoyatchini qidirmoqda. Xabarda hujumchining maqsadi va jinoyatni qanday quroldan foydalanganiga aniqlik kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!