Xitoyda beshinchi kosmodrom quriladi

Xitoyda beshinchi kosmodrom quriladi

Xitoyning Chjeszyan sharqiy provinsiyasidagi Syanshan uyezdida beshinchi kosmodrom qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ninbo erkin savdo zonasining saytiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Kosmodromning dastlabki maydoni qurilishi uchun o‘tkazilgan tenderda Chjeszyan provinsiyasidagi muhandislik kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, tender qo‘mondonlik markazi va yig‘ish-sinov majmuasi qurilishini ham o‘z ichiga oladi. 2021—2025 yillarda Ninbo loyihaga 20 milliard yuan (3 milliard dollar) investisiya kiritishni rejalashtirgan. Kosmodrom yiliga 100 tagacha raketa uchirishni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Hozir Xitoyda to‘rtta kosmodrom mavjud — Szyusyuan, Sichan, Tayyuan va Venchan. Ularning uchtasi mamlakat hududida, faqat Venchan esa Xaynan orolida joylashgan.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilda Xitoy 39 ta kosmik dasturni amalga oshirdi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 40 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiyaning 2025 yilda mamlakatdagi birinchi kosmik turizm loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan «KosmoKurs» xususiy kompaniyasining faoliyati to‘xtatilayotgani, kompaniya bosh direktori Pavel Pushkin byurokratik to‘siqlar haqida shikoyat qilgani haqida xabar berildi. Hozir «KosmoKurs»da 50 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, ular kompaniyaning yopilishi haqida ogohlantirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!