Xitoyda 10 qavatli bino 29 soat ichida qurib bitkazildi (+video)

Xitoyda 10 qavatli bino 29 soat ichida qurib bitkazildi (+video)

Xitoyda qurilish kompaniyalaridan biri 10 qavatli binoni 28 soat 45 daqiqada qurib bitkazdi.

New Atlas nashrining xabar berishicha, uy Living Building deb nomlangan yig‘iluvchi konstruksiyalar tizimi yordamida qurilgan.

Ushbu tizimning o‘ziga xosligi shundan iboratki, undagi har bir modul transport konteyneri kabi o‘lchamga ega. Buning evaziga ushbu modulni dunyoning istalgan burchagiga yetkazish mumkin.

Modul zanglamas po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, unda izolyasiya, elektr simlari, shamollatish tizimi, oynalar o‘rnatilgan. Binoni yig‘ish uchun bir necha quruvchi va uchta kran talab etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!