Xitoy va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bekor qilindi

Xitoy va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bekor qilindi

Pekin Xitoy va Yaponiya tashqi ishlar vazirlarining Pnompen shahrida o‘tkazilishi mo‘ljallangan ikki tomonlama uchrashuvini “katta yettilik” davlatlari va Yevropa Ittifoqining Tayvan bo‘yicha qo‘shma bayonoti tufayli bekor qildi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

“Xitoy va Yaponiya uchrashuvi endi rejada yo‘q, chunki Tokio “katta yettilik” va Yevropa Ittifoqidagi hamkorlari bilan Pekinni asossiz tanqid qilib, bayonot tarqatdi. Ushbu jarayonda faktlar buzib ko‘rsatilgan. Qolaversa, AQShning Xitoy suverenitetini buzgani oqlangan. Xitoy xalqi bundan juda norozi”, dedi vakil.

“Katta yettilik” davlatlari chorshanba kuni Xitoyning so‘nggi harakatidan, xususan, Tayvan atrofidagi suvda o‘q otilgan harbiy mashg‘ulot uyushtirganidan xavotir bildirdi. Ta’kidlanishicha, bunday harakat vaziyat keskinlashuviga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!