Xitoy Ukraina nega Rossiyaga qarshi bormasligi kerakligini tushuntirdi

Xitoy Ukraina nega Rossiyaga qarshi bormasligi kerakligini tushuntirdi

Ukraina AQSh va Yevropaga to‘liq qaramligi tufayli mag‘lubiyati muqarrarligini tan olishi kerak, deyiladi Xitoyning «Sina» portali maqolasida.

«Rossiya harbiy-sanoat kompleksi salohiyatini oshirish imkoniyatiga ega, bu uning Ukraina bilan uzoq muddatli mojaroga dosh bera olishini ko‘rsatadi. G‘arb davlatlari Rossiya armiyasi qurol va o‘q-dorilar taqchilligiga duch kelishiga umid qilmasliklari kerak», - deydi maqola muallifi.

Materialda aytilishicha, Kiyev front chizig‘ini saqlab qolish uchun faqat G‘arbga tayanishi mumkin. Ukraina mag‘lubiyat ostonasida, Rossiya esa katta ustunlikka ega. Muallif shunday xulosaga keldiki, bunday holat Ukraina «dunyo xaritasidan butunlay yo‘q bo‘lib ketishi» mumkinligidan dalolat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!