Xitoy Tayvandagi oltita hududni samolyotlar parvozi uchun yopdi

Xitoy Tayvandagi oltita hududni samolyotlar parvozi uchun yopdi

Pekin aviakompaniyalarni Tayvan yaqinidagi havo hududlaridan qochish zarurligi haqida rasmiy ogohlantirdi, ogohlantirishda oltita hudud “xavfli zona” deb nomlandi, deb xabar berdi Bloomberg.

Cheklovlar payshanba kuni soat 12:00 dan yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 12:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 09:00) joriy etiladi.

Axios nashri bu qarorni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bilan bog‘laydi.

Tayvan harbiy departamenti Xitoyning Tayvan atrofidagi oltita turli hududda o‘tkazmoqchi bo‘lgan jonli otishmali harbiy mashg‘ulotlari munosabati bilan Xitoyni "xalqaro huquq va Taypey suverenitetini buzganlikda" aybladi. Global Times nashrining yozishicha, Xitoyning harbiy mashg‘ulotlari 2 avgustdayoq Tayvan yaqinida boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!