Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti XXR TIV rasmiy vakiliga asoslanib.

“Tashqi ishlar vaziri 12-16 iyul kunlari Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida hamda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumanida ishtirok etadi”, - deyilgan rasmiy xabarda.

Bayonotda, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston Xitoyning do‘stona qo‘shnilari hamda strategik hamkorlari ekanini ta’kidlangan va XXR tashqi ishlar vazirining tashrifi hamda uning ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etishi, Xitoyga muhim diplomatik vazifalarga e’tibor qaratish, jumladan Markaziy Osiyo bilan an’anaviy do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, SHHT rivojiga hissa qo‘shish hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz 13-14 iyul kunlari Dushanbeda SHHT tashqi ishlar vazirlarniningnavbatdagi sammiti hamda 15-16 iyul kunlari Toshkentda O‘zbekiston prezident tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo va boshqa qator davlatlar tashqi ishlar vazirlari, O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari hamda nufuzli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!