Xitoy shimolida ichida 51 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus daryoga quladi

A A A
Xitoy shimolida ichida 51 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus daryoga quladi

Xitoyning Xebey provinsiyasida yirik gabaritli yo‘nalish avtobusi trassadan chiqib, daryoga quladi. Bu haqda XXR Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, avtobus qulaganidan so‘ng olib borilgan qutqaruv ishlaridan keyin o‘n uch inson tanasi topilmagan.
Avariya dushanba kuni Xebey provinsiyasi Shiszyachjuan okrugi Pinshan uyezdida 07.00da ro‘y bergan. Jingye kompaniyasiga tegishli ishchilarni tashigan xizmat avtobusi aniqlanmagan sabablarga ko‘ra daryoga qulagan.
Hukumat tezkor ravishda qutqaruv operasiyasini tashkillashtirgan, shu paytga qadar 38 kishi qutqarilgan. Avtobusda jami 51 kishi bo‘lgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruv-qidiruv operasiyasi davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!