Xitoy rus avtomobil bozorini egallash arafasida

Xitoy rus avtomobil bozorini egallash arafasida

Rossiyada Xitoy avtomobillarini sotish iyul oyida tez sur’atlar bilan o‘sdi — Xitoy brendlarining yangi avtomobillari umumiy bozorning 24,3 foizini tashkil etdi. Bu haqda «Avtostat»saytida xabar berildi.

Agentlik o‘tgan oyda ruslar Xitoyda ishlab chiqarilgan 8 642 ta yangi avtomobillarini sotib olganini taxmin qilmoqda. So‘nggi oylarda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki bozorni to‘ldirishga kirishdilar.

Shunday qilib, aprel oyida Rossiyada Xitoy mashinalarining ulushi 3,1 foizdan, 12,6 foizga, may oyida esa 16,9 foizni tashkil etdi. Iyun oyida bu ko‘rsatkich keskin ravishda 21 foizga oshdi.

Iyul oyida eng mashhur Xitoy markasi Geely Coolray krossoveri bo‘lib, bunday avtomobillar 1219 nusxada sotilgan. Ikkinchi o‘rin Haval Jolion edi, undan keyin Chery – Tiggo 7 PRO va Tiggo 4'ning ikkita modeli ruslar orasida katta talabga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, ruslar birinchi marta Xitoy avtomobillarini Koreya avtomobillaridan afzal ko‘rdilar — iyulda Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobillar umumiy savdoda 21,2 foizni tashkil etdi. Bozor yetakchilari esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lib, ular bozorning 30,9 foizini egallashga muvaffaq bo‘lishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!