Xitoy quyoshni kuzatadigan birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Xitoy quyoshni kuzatadigan birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Xitoy quyoshni kuzatuvchi birinchi sun’iy yo‘ldoshni Tayyuan kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirdi.
Bu haqda Xitoy milliy kosmik ma’muriyati xabar berdi.

Xitoyda "quyosh tadqiqotlari davri"ni ochgan qurilma birinchi marta H-Alpha diapazonida quyoshning to‘liq tasvirini oladi.

Sun’iy yo‘ldoshning og‘irligi 550 kilogramm, u uch yil quyosh sinxron orbitasida ishlaydi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu sun’iy yo‘ldosh nomi Xitoy mifologiyasidan olingan bo‘lib, olov xudosi sharafiga "Chjujun" deb atalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!