Xitoy Navoiyda zavod quradi. U yerda koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqariladi

Xitoy Navoiyda zavod quradi. U yerda koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqariladi

Joriy yilning 23 iyun kuni innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Fanlar Akademiyasi Sinszyan Fizika va kimyo texnika instituti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida dorivor moddalarni sintez qilish zavodini tashkil etish bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lib, unga asosan Xitoy tomoni 10 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishi va zavod yo‘lga qo‘yilgach, yiliga 36,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dori vositalari uchun tabiiy va kimyoviy moddalar, shu jumladan koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Hozirda korxonani tegishli idoralarda ro‘yxatdan o‘tkazish va erkin iqtisodiy hududga a’zolik masalalari bo‘yicha hujjatlar ishlab chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!