Xitoy Mudofaa vazirligi: Tayvan atrofidagi harbiy mashqlar yana bir kunga uzaytirildi

Xitoy Mudofaa vazirligi: Tayvan atrofidagi harbiy mashqlar yana bir kunga uzaytirildi

Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi Tayvan atrofidagi suv va havo hududida harbiy mashqlarni kamida yana bir kunga uzaytirdi.

Bu haqda PLA jangovar qo‘mondonligining Sharqiy hududi ma’lum qildi.

“Yakshanba kuni Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi rejaga ko‘ra, Tayvan atrofidagi akva hududi va havo hududida qo‘shma mashg‘ulotlar va jangovar tayyorgarlikni davom ettiradi”, deb yozadi “TASS”.

Shuningdek, PLA havo hujumlarini amalga oshirishni, shuningdek, yerdagi nishonlarni yo‘q qilishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi armiyasi mashg‘ulotlar davomida Tayvanga 20 ta samolyot va 14 ta harbiy kema jo‘natgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!