Xitoy Janubi-Xitoy dengizida harbiy mashqlarni boshladi

Xitoy Janubi-Xitoy dengizida harbiy mashqlarni boshladi

Xitoy juma kuni Janubi-Xitoy dengizida Guandun provinsiyasining janubiy sohillarida ikki kunlik harbiy mashqlarni boshladi, deb xabar tarqatdi Guandun dengiz xavfsizligi boshqarmasi.

Xabarda ta’kidlanishicha, harbiy mashqlar 29 va 30 iyulda Guandun provinsiyasini Xaynan oroli bilan ajratib turuvchi Syunchou bo‘g‘ozida hamda Davanshan orolining janubi-g‘arbiy akvatoriyasida o‘tkaziladi. Mazkur orol ham Guandun provinsiyasining janubiy sohillariga yaqin hisoblanadi.

Xabarda ushbu harbiy mashqlarning tafsilotlari haqida ma’lum qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!