Xitoy hukumati tashqi dunyoga ochiqlikni saqlab qolmoqchi

Xitoy hukumati tashqi dunyoga ochiqlikni saqlab qolmoqchi

Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyati 2023 yil uchun iqtisodiy sohada bir qator maqsadlarni belgilab oldi. Ular orasida tashqi dunyoga ochiqlikni ilgari surish, iqtisodiyotga xorijiy kapital jalb qilish va undan foydalanish, pandemiyaning oldini olish va unga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, yirik moliyaviy xavflarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni samarali bartaraf etish kabi maqsadlar bor, deb xabar tarqatdi chorshanba kuni Xitoy Markaziy televideniyesi.

Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi seshanba kuni Qo‘mita bosh kotibi Si Szinpin raisligida maxsus majlis o‘tkazdi. Unda 2023 yilda iqtisodiy sohada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha rejalar muhokama qilingan. Partiya faoliyatini yanada yaxshilash va korrupsiyaga qarshi kurash choralari ko‘rib chiqilgani aytilmoqda.

Majlis ishtirokchilari 2023 yilda mamlakat “taraqqiyot va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida harakatlarni davom ettirish, soliq-byudjet bo‘yicha konstruktiv siyosat yuritish, vazmin monetar siyosatini saqlab qolish, epidemiyalarga qarshi kurash va ularning oldini olish choralarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlashgan.

Shu bilan birga, majlisda tashqi dunyoga ochiqlik siyosatini saqlab qolish hamda iqtisodiyotga yanada ko‘p xorijiy kapital jalb qilish belgilangan. Bundan tashqari, majlisda mahsulot yetkazib berish va muhim tovarlarga nisbatan narxlar barqarorligini saqlash hamda ko‘mir, elektr energiyasi, neft va gaz ta’minotini har tomonlama mustahkamlashga qaror qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!